Tevton ordeni
Qiyofa
(Nemis ordenidan yoʻnaltirildi)

Tevton ordeni, Nemis ordeni — katolik diniyritsarlik harbiy tashkiloti (qarang Orden). 12-asr oxirida salib yurishlari chogʻida Falastinda asos solingan. 13-asr — 1525-yilda Boltiqboʻyida, orden tomonidan pruslar, litvalar, polyaklardan tortib olingan yerlarda Tevton ordeni davlati mavjud boʻlgan. Orden 1410-yil Gryunvald jangida tormor etilgan. 1466-yildan Polsha vassali. 1525-yil uning Boltiqboʻyidagi mulklari dunyoviy Prussiya gersogligiga aylantirilgan.[1]

Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |