Kontent qismiga oʻtish

Konstant nav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Navning genetik aynimasligidan yoʻnaltirildi)

Konstant nav (lotincha constantis — doimiy, turgʻun, barqaror), navning genetik aynimasligi — uzoq. muddat qaytaqayta ekilganda (koʻpaytirilganda) ham morfologik hamda qimmatli xoʻjalik belgilari aynimaydigan nav. Navning barqarorligiga seleksiya jarayonida va elita-urugʻchilik ishlarida uzluksiz olib boriladigan tanlash bilan erishiladi. Navlarni ishlab chiqarish da uzoq, saqlanishini taʼminlaydigan gomozigotalik tanlash yoʻli bilan zarur boʻlgan darajagacha yetkaziladi. Konstantlik morfologik belgilarga koʻra aniqlanadi. Aynimaydigan yoki nav sofligi yuqori boʻlgan Konstant nav rayonlashtiriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil