Kontent qismiga oʻtish

Narniya yilnomalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Narniya xronikalaridan yoʻnaltirildi)
Siz Narniya yilnomalari:Arslon, Jodugar va Javon filmini qidirgan boʻlishingiz mumkin.
Narniya yilnomalari
Asl nomi The Chronicles of Narnia
Muallif(lar) Buyuk Britaniya bayrogʻi C.S. Lewis
Til inglizcha
Janr(lar)i Fantasy,
Bolalar adabiyoti
Nashriyot HarperTrophy
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1950–1956

Narniya yilnomalariClive Staples Lewis tomonidan bolalar uchun yozilgan yetti fantasy kitobdan iborat sikl. Ularda bolalarning Narniya nomli dunyodagi sarguzashtlari haqida soʻylanadi.

Narniya — bu boshqa dunyodagi sehrli mamlakat, u yerda ayrim hayvonlar soʻzlasha oladi, sehrgarlik hech kimni hayratga solmaydi, yaxshilik esa doimo yomonlikka qarshi kurashadi. Narniya yilnomalari yosh oʻquvchilarga tushunarli tarzda bayon etilgan xristian gʻoyalariga koʻpgina ishoratlarni saqlaydi (Clive Staples Lewis Oksford kollejida ilohiyot oʻqituvchisi boʻlib ishlagan), ammo bu asarlarni faqatgina sarguzashtlar, yorqin obrazlar va asotirlar uchun oʻqish juda qiziqarli.

Shuning uchun ular ham bolalar, ham kattalar, ham xristianlar, ham xristian boʻlmaganlar tomonidan sevib oʻqiladi. Xristian mavzulariga qoʻshimcha holda, Lewis yunon va rim asotirlari, anʼanaviy britan va irland ertaklari personajlaridan foydalangan.
2006-yilga kelib, 41 tilga tarjima qilingan 100 million nushadagi kitoblar sotilgan (Kelly 2006, Guthmann 2005), sujet esa toʻliq yoki qismli holatda tele- va radio dasturlarida, teatr va kinoda ishlatilgan.

Nashr tartibi vs Xronologik tartib
Nashr tartibi Xronologik tartib
 1. Arslon, Jodugar va Javon (1950)  1. Jodugarning jiyani (1955)
 2. Shaxzoda Caspian (1951)  2. Arslon, Jodugar va Javon (1950)
 3. Shafaq hukmdori, yoki olam oxiriga sayohat (1952)      3. Ot va bolakay (1954)
 4. Kumush kursi (1953)  4. Shaxzoda Caspian (1951)
 5. Ot va bolakay (1954)  5. Shafaq hukmdori, yoki olam oxiriga sayohat (1952)    
 6. Jodugarning jiyani (1955)  6. Kumush kursi (1953)
 7. Soʻnggi jang (1956)  7. Soʻnggi jang (1956)