Komponentlar
Komponentlar (termodinamika va kimyoda), mustaqil komponentlar — termodinamik sistemani tashqil etadigan, kimyoviy jihatdan individual hisoblanadigan moddalar. Komponentlar deganda sistemani tashqil etadigan moddalarning umumiy soni emas, balki uning har qanday fazasining tarkibini ifodalash uchun yetarli boʻlgan moddalar soni tushuniladi. Mas, kalsiy oksid (SaO) va karbonat angidrid (SO2)dan tashqil topgan sistemada SaO + SO2 ^± SaSO, reaksiyasiga muvofiq kalsiy karbonat (SaSO2) hosil boʻladi. Bu sistemada SaO va SO, mustaqil Komponentlar, SaSO3 esa shu Komponentlarning birikish mahsulidir. Shuningdek, SaO va SaSO3 ni teng xuquqli Komponentlar, SO, ni esa SaSO3 ning termik dissotsiatsiyasi mahsuli deb qarash mumkin. Kimyoviy sistemalarni tashqil etadigan moddalar oʻzaro reaksiyaga kirishadi va shu sababli bu sistemalarda Komponentlar soni tashqil etadigan moddalar soni bilan roʻy berishi mumkin boʻlgan mustaqil reaksiya soni orasidagi farq bilan aniqlanadi. Agar sistemani tashqil etadigan Komponentlar oʻzaro reaksiyaga kirishmasa, bu sistema fizik sistema deyiladi (mas, benzol-glitserinning suyuq aralashmasi). Bunday sistemalarda Komponentlar soni sistemani tashqil etuvchi moddalar soniga teng. Komponentlar soniga karab 1 komponentli, 2 komponentli, 3 komponentli va koʻp komponentli sistemalar boʻladi. Komponentlar tushunchasini fanga 1875—1876-yillarda amerikalik fizik J.I.Gibbs kiritgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |