Shomahmud Muhammadjonov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Shomahmud Shohodiyevich Muhammadjonov (1954.27.4, Toshkent) — miniatyurachi rassom, kitobat sanʼati ustasi. Oʻzbekiston BAakad. (1997). Oʻzbekiston xalq rassomi (2001). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1974). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik inutida rassom. 1970-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida professor Ch.Ahmarov va H. Sulaymonlardan rassomlik va miniatyura sanʼatini oʻrgandi. Sharqmini-atyurasi va kitobat sanʼati sohasida chuqur izlanishlari natijasida qad. qogʻoz tayyorlash usuli va sahifa bezagining abri bahor turini qayta tikladi, miniatyura sohasida samarali ijod qilmoqda. Oʻrta asr Sharq miniatyurasiga oid chuqur bilim va akademik dastgohli rangtasvir malakalari M.ning oʻziga xos badiiy uslubining shakllanishini taʼminladi: qiyofa vazi-yat, imo-ishoralar, ranglarning ramziy maʼnolari orqali qahramonlarining ruhiy holatini aks ettiradi, miniatyura sanʼatining anʼanaviy tizimiga zamonaviy muallifning oʻziga xos badiiy tafakkurini ham singdiradi. A.Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asariga rasmlar (1974, Toshkentdagi Adabiyot muzeyida), Sharqadabiyoti (Firdavsiy, Nizomiy va boshqa asarlari) mavzuida lokli miniatyura namunalarini yaratdi (1983—84, Amaliy sanʼat muzeyida). Kitobat sanʼati usulida "Navoiy lirikasi" toʻplami (1983, Yaponiyada), "Kalila va Dimna" asari boblari boʻyicha 2 ta (1985, 1991; Metropoliten muzeyida), M. Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asari (1985, Oʻzbekiston tarixi muzeyida), "Temur tu-zuklari" (1991) qoʻlyozma nusxalarini tayyorladi. "Ipak yoʻli hikoyalari" asarlar turkumi (1999) va boshqa asarlari mashhur.
M. asarlari respublika va chet mamlakatlardagi (jumladan, Eron, 1998, 2000; Turkiya, 1999) koʻrgazmalarda namoyish etilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). "Shuxrat" medali bilan mukofotlangan (1996).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |