Kontent qismiga oʻtish

Zohirshoh Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muhammad Zohirshohdan yoʻnaltirildi)

Zohirshoh Muhammad (191* 15.10, Kobul) — Afgʻoniston shohi (1933.8.11 — 1973.24.8) Muhammad Nodirshohning oʻgʻli. Fransiyada tahsil olgan (1924—30). Afgʻonistonga qaytgan va harbiy ofitserlar bilim yurtini tugatgan (1931). 1932—33-yillarda milliy mudofaa vaziri oʻrinbosari, 1933-yilda maorif vaziri vazifasini bajaruvchi. 1933-yil 8-noyabrda otasining oʻlimidan keyin taxtga oʻtirgan. Shoxlik davrida mamlakat mustaqilligini mustahkamlash va betaraflik siyosatini olib borgan, harbiy bloklarga qoʻshilmaslikka harakat qilgan. Milliy iqtisod, madaniyat va maorifning rivojlanishiga koʻp hissa qoʻshgan. 3. xorijda davolanayotganda jiyani Muhammad Dovud hokimiyatni qoʻlga oldi va unga tazyiq koʻrsatdi. 1973-yil 17-iyulda monarxiya tugatilib, Afgʻoniston respublika deb eʼlon qilingach, 24-avgustda taxtdan voz kechgan. Oilasi bilan Rim yaqinidagi shaharchada yashagan. Mamlakatda toliblar hukmronligi barham topgach, Homid Karzay boshchiligidagi Afgʻoniston muvaqqat hukumati taklifiga koʻra Afgʻonistonga qaytib kelgan (2002-yil 18-aprel).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil