Baroretseptorlar
Baroretseptorlar (baro... varetsep-torlar), mexanoretseptorlar, pressoretseptorlar — qon tomirlarining devorlaridagi sezuv nervi oxirlari. Tomirlar devori choʻzilganda Baroretseptorlar qoʻzgʻaladi va qon bosimi, hajmi oʻzgarishlarini sezib, ularni refleks yoʻli bilan boshqaradi. Baroretseptorlar hamma tomirlarda, refleksogen zonalar (yurak, aorta, oʻpka va boshqalar)da esa koʻproq boʻladi. Qon bosimi koʻtarilganda markaziy nerv sistemasiga impulslar yuborib, tomirlar tonusini kamaytiradi, parasimpatik nerv sistemasining markazlarini qoʻzgʻatadi, natijada qon bosimi pasayadi. Qon bosimi uzok, vaqt mobaynida tez-tez koʻtarila bersa, unga Baroretseptorlar moslashib qoladi (fiziologik adaptatsiya), bu esa gipertoniya kasalligining sabablaridan biri boʻlib qolishi mumkin.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |