Kontent qismiga oʻtish

Meteoroid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Meteordan yoʻnaltirildi)
Pallasitdan tashkil topgan meteorit qismi (Argentinada topilgan).

Meteoroid (grekcha: μετέωρος — „tepadagi“, „osmondagi“) deb Quyosh tizimidagi mayda osmon jismlariga aytiladi. Sayyora atmosferasiga kirib, qizigan meteoroid oʻz ortidan iz qoldiradi, bu izga meteor deyiladi. Osmonning bir nuqtasidan kelayotgan meteorlar esa meteor yomgʻiri deb ataladi. Agar meteoroid sayyora sirtiga qulab, saqlanib qolsa, bunday saqlangan jism meteorit deb nomlanadi. Har yili Yer atmosferasiga 15 ming tonna atrofida meteoroid kiradi.[1]