Michael Krohn-Dehli
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Michael Krohn-Dehli[1] | ||
Tavallud sanasi | 6-iyun 1983-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Kopengagen, Daniya | ||
Boʻyi | 1.71 m[1] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Rosenhøj BK | |||
Hvidovre | |||
2000—2002 | Brøndby | ||
2002—2004 | Ajax | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2006 | RKC Waalwijk | 48 | (2) |
2006—2008 | Ajax | 4 | (0) |
2006—2007 | → Sparta Rotterdam (ijara) | 12 | (1) |
2008—2012 | Brøndby | 122 | (26) |
2012—2015 | Celta | 101 | (3) |
2015—2018 | Sevilla | 42 | (2) |
2018—2019 | Deportivo La Coruña | 25 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2000—2001 | Daniya U19 | 5 | (0) |
2002—2004 | Daniya U20 | 10 | (4) |
2004—2006 | Daniya U21 | 8 | (2) |
2006—2018 | Daniya | 62 | (6) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Michael Krohn-Dehli (talaffuzi: Maykl Kron-Dehli; 1983-yil 6-iyunda tugʻilgan) — daniyalik sobiq professional futbolchi. Asosan hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kopengagenda tugʻilgan Krohn-Dehli Daniyaning Rosenhøj BK klubida futbol oʻynay boshlagan. Shundan soʻng Daniyaning Hvidovre IF va Brøndby IF klublarida oʻynadi.
2002-yilda Krohn-Dehli Ajaxga qoʻshildi. Danny Blind qoʻl ostida „Ajax“ safida ajoyib oʻyin koʻrsatdi. 2004-yilda RKC Waalwijkga tekinga oʻtdi. Klubdagi professional debyutini 2004-yilning 15-avgustida Groningenga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
Ajaxga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikki yil oʻtgach, Krohn-Dehli „Ajax“ bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. Yarim himoyachi 2006-yil 17-sentyabrda Roda JC Kerkradega qarshi oʻyinda (2:0) debyutini oʻtkazdi. Qishki tanaffusdan soʻng „Ajax“ safida atigi uchta oʻyinda maydonga tushdi, 2007-yilning 31-yanvarida yarim mavsumga Rotterdamning Sparta klubiga ijaraga berildi. Yozgi tanaffusdan soʻng, 2007—2008-yilgi mavsumda „Ajax“ga qaytdi.
Brøndbyga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ajax 2008-yilning 29-avgustida Krohn-Dehlini Daniyaning Brøndby IF klubiga oʻtkazishini eʼlon qildi[2]. Ikki kundan keyin 31-avgust kuni Copenhagenga qarshi oʻyinda debyut qildi.
Celta
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilning 21-avgustida Krohn-Dehli tibbiy koʻrikdan oʻtib Celta de Vigoga oʻtishi eʼlon qilindi[3].
Sevilla
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 1-iyunida Krohn-Dehli La Ligada vakili Sevilla bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[4][5].
Deportivo La Coruña
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 29-yanvarida Krohn-Dehli La Liga vakili Deportivo La Coruñaga bir yarim yillik shartnoma asosida qoʻshildi[6]. Klub ligadan tushib ketganidan soʻng, Krohn-Dehli 2019-yilning iyulida erkin agent boʻldi[7]. 2020-yilning 10-iyulida, „Deportivo“dan ketganidan bir yil o‘tib, Krohn-Dehli o‘z agenti orqali rasman professional futboldan ketganini va mutaxassis sifatida faoliyat yuritishini eʼlon qildi[8].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Krohn-Dehli Daniya terma jamoasi safida 2006-yil 11-oktyabrda Lixtenshteynga qarshi Yevro-2008 saralash bahsida debyut qilgan.
Yevro-2012da Daniyaning Gollandiya ustidan qozonilgan g‘alabasidagi (1:0) yagona golni Krohn-Dehli kiritgan[9].
2018-yil may oyida Daniyaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi[10][11].
Jahon chempionatidan soʻng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[12].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
RKC Waalwijk | 2004—2005 | Erediviziya | 31 | 2 | — | — | 31 | 2 | ||
2005—2006 | 17 | 0 | — | — | 17 | 0 | ||||
Jami | 48 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 48 | 2 | ||
Ajax | 2006—2007 | Erediviziya | 3 | 0 | — | — | 3 | 0 | ||
2007—2008 | 1 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||||
Jami | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | ||
Sparta Rotterdam | 2006—2007 | Erediviziya | 12 | 1 | — | — | 12 | 1 | ||
Brøndby IF | 2008—2009 | Superligaen | 28 | 5 | — | 2 | 1 | 30 | 6 | |
2009—2010 | 32 | 4 | — | 6 | 0 | 38 | 4 | |||
2010—2011 | 29 | 12 | — | 5 | 0 | 34 | 12 | |||
2011—2012 | 27 | 5 | 1 | 0 | 2 | 1 | 30 | 6 | ||
2012—2013 | 6 | 0 | — | — | 6 | 0 | ||||
Jami | 122 | 26 | 1 | 0 | 15 | 2 | 138 | 28 | ||
Celta Vigo | 2012—2013 | La Liga | 34 | 1 | 3 | 0 | — | 37 | 1 | |
2013—2014 | 31 | 0 | 2 | 0 | — | 33 | 0 | |||
2014—2015 | 36 | 1 | 2 | 0 | — | 38 | 1 | |||
Jami | 101 | 2 | 7 | 0 | 0 | 0 | 108 | 2 | ||
Sevilla | 2015—2016 | La Liga | 27 | 1 | 6 | 3 | 14 | 0 | 47 | 4 |
2016—2017 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | |||
2017—2018 | 13 | 1 | 2 | 0 | 3 | 0 | 18 | 1 | ||
Jami | 42 | 2 | 8 | 3 | 17 | 0 | 67 | 5 | ||
Deportivo La Coruña | 2017—2018 | La Liga | 11 | 0 | 0 | 0 | — | 11 | 0 | |
2018—2019 | Segunda Diviziyasi | 14 | 0 | 1 | 0 | — | 15 | 0 | ||
Jami | 25 | 0 | 1 | 0 | — | 26 | 0 | |||
Jami faoliyati | 354 | 33 | 17 | 3 | 32 | 2 | 403 | 38 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manba:
Jamoa | Yil | ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Daniya | 2006-yil | 1 | 0 |
2007-yil | - | - | |
2008-yil | 2 | 0 | |
2009-yil | - | - | |
2010-yil | 8 | 0 | |
2011-yil | 10 | 4 | |
2012-yil | 11 | 2 | |
2013-yil | 11 | 0 | |
2014-yil | 7 | 0 | |
2015-yil | 9 | 0 | |
2016-yil | - | - | |
2017-yil | - | - | |
2018-yil | 3 | 0 | |
Jami | 62 | 6 |
Yoʻq. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2011-yil 29-mart | Štadion Antona Malatinského, Trnava, Slovakiya | Slovakiya | 2—1 | 2—1 | Doʻstona |
2. | 2011-yil 7-oktyabr | GSP stadioni, Nikosiya, Kipr | Kipr Respublikasi | 3—0 | 4—1 | UEFA Yevro-2012 saralashi |
3. | 2011-yil 11-oktyabr | Parken, Kopengagen, Daniya | Portugaliya | 1—0 | 2—1 | |
4. | 2011-yil 11-noyabr | Parken, Kopengagen, Daniya | Shvetsiya | 2—0 | 2—0 | Doʻstona |
5. | 2012-yil 9-iyun | „Metalist“ stadioni, Xarkov, Ukraina | Niderlandiya | 1—0 | 1—0 | UEFA Yevro 2012 |
6. | 2012-yil 17-iyun | Arena Lvov, Lvov, Ukraina | Germaniya | 1—1 | 1—2 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sevilla
- UEFA Yevropa Ligasi: 2015—2016[15]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Denmark“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „AFC Ajax“ (nl). 2008-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-avgust.
- ↑ „Krohn-Dehli completes Spanish medical“ (nl). Qaraldi: 2012-yil 22-avgust.
- ↑ „EL SEVILLA FC FIRMA A MICHAEL KROHN-DEHLI PARA LAS DOS PRÓXIMAS TEMPORADAS“. 2015-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
- ↑ „Sevilla confirm signing of Michael Krohn-Dehli“. AS.com. ESPN (2015-yil 1-iyun). Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
- ↑ „Oficial: el Depor cierra la incorporación de Krohn-Dehli“. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
- ↑ Dehn. „Sportsdirektør bekræfter: Michael Krohn-Dehli forlader sin klub“. tipsbladet.dk. Tipsbladet (2019-yil 2-iyul). Qaraldi: 2020-yil 11-iyul.
- ↑ Okstrøm. „Tidligere landsholdsspiller stopper karrieren: Vil nu være tv-ekspert“. tipsbladet.dk. Tipsbladet (2020-yil 10-iyul). Qaraldi: 2020-yil 11-iyul.
- ↑ „Netherlands 0–1 Denmark“. BBC Sport (2012-yil 9-iyun). Qaraldi: 2012-yil 9-iyun.
- ↑ „Revealed: Every World Cup 2018 squad - 23-man & preliminary lists & when will they be announced?“. Goal. Qaraldi: 2018-yil 17-may.
- ↑ „Krohn-Dehli called for Denmark's pre-selection | Página Oficial del R. C. Deportivo de La Coruña“ (en). Krohn-Dehli called for Denmark’s pre-selection | Página Oficial del R. C. Deportivo de La Coruña. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
- ↑ „Kvist and Krohn-Dehli retire after Croatia loss“. FourFourTwo. 2018-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
- ↑ „M. Krohn-Dehli“ (nl). Voetbal International. 2015-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-fevral.
- ↑ „M. Krohn-Dehli“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 19-fevral.
- ↑ „Sevilla-spiller: Denne sejr er til Krohn-Dehl“. bold.dk (2016-yil 18-may). Qaraldi: 2020-yil 11-iyul.