Kontent qismiga oʻtish

Asiriy madrasasi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mavlono Asiriy madrasasidan yoʻnaltirildi)
Madrasa
Asiriy madrasasi
Mavlono Asiriy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Mirdoʻstim koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Mirzo Jalol Asir ibn Mirzo Moʻmin Isfaxoniy
Homiylar Mirzo Jalol Asir ibn Mirzo Moʻmin Isfaxoniy
Asosiy sana:
XVI asr
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati Xarobaga aylangan
Hujralar soni 20
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Asiriy madrasasi (Mavlono Asiriy madrasasi)Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 1 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Madrasani tiklash va taʼmirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga koʻra mablagʻlar ajratilganligiga qaramay, u hozirga qadar ayanchli ahvolda qolib ketgan, xarobaga aylangan va yarim qismi saqlanib qolgan. Buzilib ketgan tomoni oʻrnida hozir odamlar uy-joy qurib olgan.

Madrasa XVI asrda Buxoro xonligi poytaxtining keyinchalik Mavlono Asiriy deb nomlangan guzarida, oʻzbek hukmdori Abdullaxon II (1557–1598) hukmronligi davrida, shoir Mirzo Jalol Asir ibn Mirzo Moʻmin Isfaxoniy mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[2][3].

Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan. Unda yozilishicha:

Janob hoji ul-haramin hoji Muhammad Ali valadi Mehtar Alibiy hazrat Sayyid Abdul Muzaffar Subhonqulixon Muhammad Bahodurxon ibn hazrat Abul Fath Sayyid Nadr Muhammadxon davrida marhum mulla Asiriyning vayronaga aylangan masjid-madrasasi binosini taʼmirlaydi[3].

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2011-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash va restavratsiyalash ishlari rejalashtirilgan va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 100 million soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlsada[4], madrasaning hozirga qadar saqlanib qolgan yarim qismi ayanchli ahvolda qolib ketgan. Xarobaga aylangan. Buzilib ketgan tomoni oʻrnida hozir odamlar uy-joy qurib olgan[3].

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib[1], undan kelajakda turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirish rejalashtirilgan[4].

Buxoro shahridagi Mirdoʻstim nomli koʻchada joylashgan[1].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 1 qavatli qilib qurilgan. Tarxi koʻpburchak shaklida boʻlgan[2][3].

Rivoyatga koʻra, madrasaning barpo etililishi Somoniylar davrida ijod qilgan shoir as-Sariy nomi bilan bogʻliq boʻlgan. Lekin, oxirgi izlanishlarga koʻra, as-Sariy Buxoroga hech qachon kelmaganligi, boz ustiga, u Asiriy ham emasli va shoir Asiriy (Mirzo Jalol Asiriy) esa asli eronlik boʻlib, Buxoroga Isfahondan kelganligi, u Buxoroda Abdullaxon (1557–1598) davrida ancha vaqt yashab ijod qilganligi va ushbu madrasani qurdirganligi maʼlum boʻldi[3].

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 17-iyul, 2022-yil(2022-07-17) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.