Roʻzimat Masharipov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Roʻzimat Masharipov (1895 - Xiva — 1968.19.3) — meʼmor va naqqosh. Naqqoshlik, ganchkorlik va meʼmorlikni otasi usta Masharipdan oʻrgangan. M. ijodida anʼanaviy meʼmorlik va bezak sanʼati zamonaviy uslub bilan uygunlashgan. Polvonkrri (1905), Mamad Maxram (1908), Husaynbek (1910) madrasalari, Mamad yasovul uyi (1910), Asfandiyorxon uyi (1911), Dishan qalʼadagi qoʻsh darvoza (1912), xonning shahar tashqarisidagi Tozabogʻ saroyi (1914) va boshqalarni qurish va bezatishda qatnashgan. 1915-yildan koʻplab turar joylar, jamoat binolarini kurgan va bezagan. 1947-yil M. Toshkentdagi Navoiy teatri binosining Xiva zalini bezashda shogirdlari bilan qatnashgan, 1950—60-yillarda Xivadagi meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda ishtirok etgan. Kuplab shogirdlar tayyorlagan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |