Leipzig
Leipzig | |
---|---|
Shahar | |
51°20′0″N 12°23′0″E / 51.33333°N 12.38333°E | |
Mamlakat | Germaniya |
Yer | Saksoniya |
Hukumat | |
• Oberburgomistr | Burkhard Jung |
Maydon | 29,760 km2 (11,490 kv mi) |
Markazi balandligi | 113 m |
Aholisi (2010) |
522 883 |
Telefon kodi | +49 341 |
Pochta indeks(lar)i | 04003-04357 |
Avtomobil kodi | L |
Идентификационный код | 14 3 65 000 |
|
Leypsig — Germaniyadagi shahar, Saksoniya yerida. Playse daryosining Vayse-Elster daryosiga quyilish yerida joylashgan. Mamlakatning muhim sanoat, savdo, ilmiy va madaniy markazlaridan. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 490 ming kishi (1999). Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 1015-yilda tilga olingan. L. oʻrnida qadimda slavyanlarningLipsk qishlogʻi boʻlgan. 12-asrdan shahar huquqini olgan. Oʻrta asrlarda Saksoniyaning eng yirik shaharlaridan biri edi. Shahar atrofida koʻp tarixiy janglar boʻlib oʻtgan. Ikkinchi jahon urushi davrida shahar katta talofot koʻrgan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik. Metallurgiya va kon uskunalari, yuk ortish va transport vositalari zavodi, qishloq xoʻjaligi va toʻqimachilik mashinasozligi, stanoksozlik, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Plastmassa, rezina buyumlar, lok-boʻyoq ishlab chiqariladi. Gilam toʻqiladi. L. poligrafiya va moʻyna sanoati bilan ham mashhur. Qadimdan nashriyotchilik ishlarining yirik markazi. Har yili xalqaro savdo yarmarkalari, qisqa metrajli va hujjatli filmlar kinofestivallari, moʻyna auksionlari oʻtkaziladi. Universitet (1409), musiqa, teatr, adabiyot, kitob grafikasi va sanʼati, jismoniy tarbiya, pedagogika va boshqa oliy oʻquv yurtlari, kutubxonalar, tasviriy sanʼat, shahar tarixi, etnografiya, badiiy hunarmandchilik, kitob va shrift muzeylari, opera va drama teatrlari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan cherkovlar (13—16-asrlar), eski ratusha (16-asr), universitet binosi, opera teatri binosi, Yarmarkalar uyi, "Shtadt Leypsig" mehmonxonasi va boshqa mavjud.[1]
Leipzig Germaniyaning Saksoniya yerida joylashgan shahardir. Ushbu shahar Maydoni — 297,60 km2. Aholisi — 522 883 kishi (2010).
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Leipzigning hududi 297,8[2] km2dir. Dengiz sathidan oʻrtacha 113 m balandlikda joylashgan.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Soni | |
---|---|---|
1870 | 100 000 | |
1971 | 580 700 | |
1985 | 555 000 | |
1994 | 490 900 |
Yil | Soni | |
---|---|---|
1997 | 482 000 | |
2015 | 560 472 | |
2016 | 571 088 | |
2017 | 581 980 |
Yil | Soni | |
---|---|---|
2019 | 587 857 | |
2020 | 601 668 | |
2021 | 601 866 | |
2022 | 621 278 |
Yil | Soni | |
---|---|---|
2023 | 625 341 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ (unspecified title) — Federal Statistical Office.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |