Kontent qismiga oʻtish

Gottfried Leibniz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Leybnits Gotfrid Vilgelmdan yoʻnaltirildi)

Gottfried Wilhelm Leibniz (1646.1.7, Leypsig- 1716.14.11, Gannover) — nemis faylasufi, fizik, matematik, [[tarixchi]. Berlin Fanlar akademiyasining asoschisi va prezidenti (1700). 1676-yildan Gannover gersoglari xizmatida. Petr I iltimosiga koʻra, Rossiyada maorif va davlatni boshqarishni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqqan. Leibniz fikricha, real dunyo oʻzaro boʻlinmas ruhiy substansiya — monadalardan iborat. Monadalar barcha narsalarning, hayotning asosini tashkil qiladi. Tabiat quyi darajadagi, inson esa oliy darajadagi monadalardan tashkil topgan. Bilish nazariyasida ratsionalizm mavqeida turgan. Lokk sensualizmiga qarshi chiqqan. Umumiy, zaruriy bilimning asosi faqat aql boʻlishi mumkin deb hisoblagan. Fizikada fazo va vaqt harakatining nisbiyligi toʻgʻrisidagi, mantiqda analiz va sintez toʻgʻrisidagi taʼlimotni rivojlantirdi, yetarli asos qonunini birinchi boʻlib izohlab berdi. U matematik mantiq asoschilaridan biridir. Leibniz differensial hisob va integral hisobni kashf qildi, katta sonlarni hisoblash mashinasini yaratdi. Tilshunoslikda tillarning paydo boʻlish tarixini, genealogik tasnifini yaratdi, nomlarning kelib chiqishi haqidagi taʼlimotni rivojlantirdi. Siyosat va huquq sohasida tabiiy huquq konsepsiyasi va ijtimoiy kelishuv haqidagi taʼlimotni himoya qilgan. U optik asboblar va gidravlik mashinalar loyihasini yaratgan. 1926-yildan Berlinda Leibniz jamiyati mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil