Lekim Ibragimov
Lekim Ibragimov | |
Tavalludi | 21-dekabr 1944-yil Maliy Dehkan, Almati viloyati, Qozogʻiston |
Sohasi | rassom, grafikachi |
Mashhur suratlari | Osiyo oʻgʻirlanishi, Imperator xonim, Farishtalar, Turfon Ayollari, Oydagi Raqs, Darvish, Ming farishta va bir surat |
Mukofotlari | Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Oltin Medali (1998) |
Lekim Ibragimov (21-dekabr, 1944-yil) — oʻzbek musavviri, grafika ustasi, professor va Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi akademigidir.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lekim Ibragimov 1944-yili Qozogʻistonda muallim oilasida tugʻildi[1]. 1964-yili Almatidagi Nikolay Gogol nomli badiiy bilim yurtiga oʻqishga kirdi, uni 1971-yili bitirdi. 1971—1977-yillarda Ostrovskiy nomli Toshkent teatr va rassomlik institutining (hozirgi Kamoliddin Behzod nomli Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti) grafika boʻlimida taʼlim oldi[1].
1976-yildan Lekim turli respublika, butunittifoq va xalqaro koʻrgazmalarda faol ishtirok etishni boshladi. 1978-yili SSRI Rassomlar Uyushmasiga qabul qilindi. U shuningdek Oʻzbekiston Rassomlar Uyushmasi (1996-yildan — Badiiy akademiya qoshidagi rassomlar ijodiy uyushmasi) aʼzosi hamdir. 1978—1986-yillarda Moskvadagi „Sinej“ rassomlar ijod uyi ustaxonasida ishladi[1].
1999-yili Lekim Ibragimov Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi akademigi unvonini oldi. Oʻsha yili u Kamoliddin Behzod nomli Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti professori etib tayinlandi. 2001-yili Oʻzbekiston Xalq Rassomi boʻldi. 2008-yili Rossiya badiiy akademiyasi faxrli aʼzosi boʻldi[1].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yili Lekim Ibragimov oʻzining Ming farishta va bir surat nomli polotnosi bilan OAV diqqatiga tushdi. Ushbu polotnoda Lekim Ibragimovning soʻnggi uch yil davomida chizgan 1000ta alohida surati yaxlit bir badiiy asar sifatida jamlangan[2]. Bu surat dunyodagi eng katta tasviriy sanʼat asari sifatida Guinness rekordlar kitobiga kirishga daʼvogarlik qilmoqda[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Биография | Леким Ибрагимов, 2012-10-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-06-22
- ↑ 2,0 2,1 Ўзбекистонлик рассом мега-полотноси Гиннес рекордлар китобига киришга даъвогарлик қилмоқда, BBC
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shaxsiy sayti (Wayback Machine saytida 2012-05-25 sanasida arxivlangan)