Aleksey Kuropatkin
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Andoza:Turkeston General-Gubernatorstvo hukmdorlari Kuropatkin Aleksey Nikolayevich (1848.17.3 — Pskov gubervasi — 1925.16.1) — Turkiston gen.-gubernatori (1916—17), gen.-adʼyutant (1902). Kuropatkin 1898—1904-yillar harbiy vazir, rus-yapon urushi (1904—05) da Manjuriya armiyasi qoʻmondoni; Uzoq, Sharq qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni (1904—05). Kuropatkin harbiy layoqatsizligi, jurʼatsizligi, doimiy ikkilanishi, qoʻl ostidagilarga ishonchsizligi — rus-yapon urushi (1904—05) da Rossiyaning magʻlubiyatga uchrashining asosiy sabablaridan biri boʻlgan. Birinchi jahon urushida armiya va Shim.front qoʻmondoni (1916), Oʻrta Osiyoni bosib olishda qatnashgan, Turkistonda turli lavozimlarda xizmat qilgan (1866-71, 1875-77, 1879-83). Oʻrta Osiyo qoʻzgʻoloni (1916)ni krnga botirishga rahbarlik qilgan. Kuropatkin harbiy-tarixiy va harbiygeografik asarlar muallifi. 1917-yildan umrining oxirigacha Pskov gubervasida yashab, oʻqituvchilik qilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |