Kontent qismiga oʻtish

Ivan Kulibin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kulibin Ivan Petrovichdan yoʻnaltirildi)

Ivan Petrovich Kulibin [1735, 10(21).4. — Nijniy Novgorod — 1818.30. 7(11.8)] — oʻzi mustaqil oʻqib oʻrgangan rus mexanigi. 1764—67 yillarda murak-kab mexanizmlardan tuzilgan tuxumsi-mon soat yasab, 1769-yilda Yekateriva II ga inʼom qilgan. Yekateriva II K.ni Peterburg Fanlar akademiyasi mexaniqa ustaxonasiga boshliq qilib tayinlagan. K. yangi ti-zimli qurilmani qoʻllab, choʻntak soati yasagan; bu soat sekund, minut, soatni koʻrsatishdan tashqari, yil fayellari, oy, hafta kunlari va Oyning qaysi fazada ekanligini qam bildirgan. K. minora soatlari va mitti soatlar ham yaratgan. Optik asboblarning shishalarini silliklash usulini takomillashtirdi. Neva daryosiga quriladigan bir arkli, 298 m prolyotli koʻprik modelining loyihasini ishlab chiqsi va qurdi. Shuningdek, "suv oʻtkazgich" loyihasini tuzdi. 1779-yilda yasagan kuchli fovar (projektor) ustaxona, kema va mayaklarda qoʻllandi. K. 1791-yilda oʻziyurar aranacha (somokat), 1793-yilda vintli mexanizmlar yordamida ishlaydigan lift, 1794-yilda shartli belgilarni uzoq masofaga oʻzatuvchi optik telegraf yaratdi. K. oʻzi ixtiro qilgan asbob va qurilmalarini loyhalash jarayonida chizma va rasmlardan keng foydalangan. K. 1801-yilda Akademiyadan ketib, Nijniy Novgorodga keldi. Bu yerda kemalarning daryo oqimiga qarshi harakatlantirish usulini ishlab chikdi. 1804-yilda "vodoxod" yasadi. K. umrining oxirgi yillarini muxtojlikda oʻtkazgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil