Kontent qismiga oʻtish

Boris Kotlov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kotlov Boris Vasilyevichdan yoʻnaltirildi)

Boris Vasilyevich Kotlov (1923.2.7, Nikolayev shahri, Ukraina — 1995. 19.11, Moskva) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Dnepropetrovskdagi Rassomlik bilim yurti (1940—41) va Toshkentdagi P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1944—49)da tahsil olgan. Ijodini bezakchi rassom sifatida boshlagan K. koʻrgazma va yarmarkalar, kucha va maydonlarni bayramona bezaklari, jamoat va davlat muassasalari binolarini ichki va tashqi koʻrinishi, tasviriy bezaklarini yaratgan (Chirchiq shahri madaniyat saroyi, 1980 va boshqalar). 1960-yildan akvarel sohasida faol ijod qilib, tabiat manzaralari, shaharlar qiyofasi aks etgan asarlar yaratdi ("Togʻlarda bahor", 1968; "Moviy kun", 1968; "Oqtosh manzarasi", 1971; "Buxoro", 1971; "Lolalar", 1972; "Chorvoq GES tongi", 1974; "Ohangaronda yangi qurilish", 1980 va boshqalar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil