Kontent qismiga oʻtish

Konsullik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Konsullik vakolatxonasidan yoʻnaltirildi)
AQSh va Buuuk Britaniyaning Ekaterinburg shahridagi bosh konsulligi

Konsullik, konsullik vakolatxona – ikki davlat orasida aloqalar oʻrnatilishi natijasi oʻlaroq tashkil etiladigan vakolatxona. K.ning maqomi ikki tomonlama bitim yoki xalqaro huquqning amaldagi normalariga koʻra belgilanadi. K.ning maqomi, odatda, diplomatik vakillikka tenglashtiriladi. K.ning joylashgan oʻrni, baʼzi hollarda esa, uning xodimlari soni, K. oʻz faoliyatini amalga oshiradigan okrug ham qabul qiluvchi davlat vakillari bilan kelishiladi. K. okrugi – qabul qiluvchi davlatdagi, hukumatlar oʻrtasidagi bitimga muvofiq konsul oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradigan hudud. Bir qator holatlarda K. okrugi eng imtiyozlashtirilgan holat sharoitlari qoʻllanishi tufayli aniqlanishi mumkin. Alohida K. mavjud boʻlmagan hollarda elchixonada qabul qiluvchi davlat poytaxti yoki boshqa yerlarda K. vazifalarini bajarish uchun K. boʻlimi tashqil etiladi. Elchixonaning K. boʻlimida ishlash uchun elchixonaning diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlari ajratiladi, ular elchixonaga tegishli boʻlganligi uchun oʻz makrmini saqlab qoladilar.[1]

Konsullikni elchixonadan farqi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elchixona birinchi navbatda siyosiy masalalarni hal qilish (muzokaralar, udhbu davlat haqida axborot yiğish kabi) bilan shuģullansa, konsullik esa mahalliy hokimlik bilan aloqa oʻrnatish, oʻz fuqorolariga xizmat koʻrsatish, ularni muammolarini qonun doirasida hal qilish, hujjatlarini rasmiylashtirish (viza, pasport, notarial hujjatlar, maʼlumotnoma va b.). Elchixonalarda odatda hujjatlarni rasmiylashtiruvchi va viza beruvchi konsullik boʻlimlari faoliyat yuritadi.

Bosh konsullik

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fransiyaning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulligi

Konsullik muassasalarining quyidagi turlari mavjud:

  • bosh konsullik,
  • konsullik,
  • vitse-konsullik,
  • konsullik agentligi.

Bu holatlarda ushbu muassasalarning maqomida hech qanday farq yoʻq. Hozirda dunyodagi konsullik muassasalarining aksariyati konsullik bosh konsulligi maqomiga ega. Poytaxt shaharlarida alohida konsullik muassasasi mavjud boʻlmasligi mumkin, faqat elchixonaning konsullik boʻlimi faoliyat yuritishi mumkin. Konsullik boʻlimi mustaqil muassasa emas, oliy organ konsullik boʻlimi boshligʻi emas (u konsullik boshligʻi deb atalishi mumkin, ammo bu notoʻgʻri boʻlsa-da) balki elchi yuqori lavozim hisoblanadi. Shu bilan birga, konsullik boʻlimi xodimlariga konsullik emas, balki diplomatik (yaʼni kengroq) imtiyozlar va immunitetlar qoʻllanadi. 

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil