Marquis de Condorcet
Qiyofa
(Kondorse Mari Jan Antuan Nikoladan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Marquis de Condorcet (1743.17.9, Ribmon, SenKanten yaqini — 1794.29.3, Burla-Ren) — fransuz faylasufi, maʼrifatparvar, siyosiy arbob. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1769). 1777-yildan Parij Fanlar akademiyasining doimiy kotibi. "Ensiklopediya" nashr etishda hamkorlik qilgan, keyinchalik inqilobda qatnashgan, 1791-yilda Qonun chiqaruvchi majlisga saylangan, Konventda jirondachilar tarafida boʻlgan. Falsafada deizm va sensualizm tarafdori. "Inson aql-zakovati taraqqiyoti tarixiy koʻrinishlarining eskizi" (1794) asarida tarixiy taraqqiyot gʻoyasini rivojlantirgan; bu gʻoyaning asosi aql-idrokni kamolga yetkazishdan iborat.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |