Kontent qismiga oʻtish

Kislotali boʻyoqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kislotali boʻyagichlardan yoʻnaltirildi)

Kislotali boʻyoqlar, kislotali boʻyagichlar— molekulasida kislota guruhi (HSO3, baʼzan SOON) boʻladigan, suvda yaxshi eriydigan organik boʻyoq moddalar. Antraxinon boʻyagichlar, azoboʻyagichlar asosiy Kislotali boʻyoqlar jumlasidandir. Jun, tabiiy ipak, poliamid tolalar hamda teri, qundoʻz, qogʻoz va boshqa materiallarni boʻyashda koʻplab ishlatiladi (yana qarang Boʻyagichlar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil