Kontent qismiga oʻtish

Koga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kiogadan yoʻnaltirildi)

Koga, Kioga — Afrikadagi koʻl, Ugandada 1029 m balandlikda joylashgan. Maydoni 2,6 ming km², chuqurligi 3–5 m, oʻzani 120 km. Qirgʻoqlari kuchli parchalangan. Koga Viktoriya koʻlini ham oʻz ichiga olgan juda katta suv havzasining qoldigʻi. Koʻl qamish va papirus bilan qoplangan. Koga orqali Viktoriya-Nil daryosi oqib oʻtadi. Baliq ovlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil