Xemosorbsiya
Xemosorbsiya (xemo... va sorbsiya), kimyoviy sorbsiya — suyuklik va qattiq jiyemning atrof muhitdan moddalar yutishi. Bunda kimyoviy birikmalar hosil boʻladi. Torroq maʼnoda X. qattiq jism sirtining modsani kimyoviy yutishi, yaʼni kimyoviy adsorbsiya deb qaraladi. X.da issikdik miqdori koʻproq ajralib chiqadi: odatda, X. issikligi 84—126 kJ/mol, baʼzi hollarda, mas, kislorodning metallarga singishida 420 kJ/mol dan ham ortishi mumkin. Kimyoviy reaksiyalarga oʻxshab, X. ham anchagina faollash (aktivatsiya) energiyasini talab qiladi. Shuning uchun temperatura ortganda X. tezlashadi. X.ni oʻrganish uchun spektroskopiya, elektron paramagnit va yadroviy magnit rezonans, elektron hamda ion proyektorlari, sekin harakatlanuvchi elektronlar difraksiyasi va boshqa qoʻllanadi. X. geterogen katalizda, gazlarni tozalashda, vakuum texnikasi va boshqalarda muhim rol oʻynaydi. X. sanoatda keng qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |