Kontent qismiga oʻtish

Alim Keshokov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Keshokov Alim Pshemaxovichdan yoʻnaltirildi)

Alim Pshemaxovich Keshokov [1914.9(22).7, Shalushka qishlogʻi (hoz. Kabarda-Balkariya, Chegem tumani) — 2001.29.1, Moskva] — kabardin shoiri va yozuvchisi. Kabarda-Balkariya xalq shoiri (1964). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Ilk sheʼrlar toʻplami — "Togʻ etaklarida" (1941). "Chavandozning yoʻli" (1946) dostoni, "Yoshlik zamini" (1948), "Sheʼrlar" (1951) toʻplamlarida Ikkinchi jahon urushi voqealari aks etgan. "Choʻqqilar uygʻoq" (1—2-kitob, 1960, 1966); "Singan taqa" (1973), "Oy chiqishi" (1977) romanlarida kabardin xalqining hayoti tasvirlangan. "Qorli togʻdan qarab" avtobiografik qissasi (1974), "Alxo" pyesasi (1950), "Koʻchki" kinossenariysi (1951) muallifi. K. oʻzbek shoirlari (A. Oripov, O. Matjon va boshqalar) sheʼrlarini kabardin tiliga tarjima qilgan. "Choʻqqilar uygʻoq" romani oʻzbek tilida nashr etilgan (1970). [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil