Enrico Caruso
Enrico Caruso | |
---|---|
Tavalludi | 24-fevral 1873 va 25-fevral 1873 |
Vafoti | 2-avgust 1921[1][2][3] |
Fuqaroligi | Italiya qirolligi |
Otasi | Marcellino Caruso |
Onasi | Anna Baldini |
Enriko Karuzo (italyancha: Enrico Caruso; 24-fevral 1873-yil, Neapol — 2-avgust 1921-yil) — italyan xonandasi (tenor), belkanto sanʼatining yirik namoyandasi, jahon opera ijrochiligining atoqli vakillaridan. Yoshligida cherkov xoriga qatnashgan. 1894—1901-yillarda Italiya va Qohira opera teatrlarida ishlagan, 1903-yildan „Metropoliten-opera“ (Nyu-York) teatrining yakkaxoni. 1898-yildan Janubiy va Shimoliy Amerika hamda Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.
Ijrosi — dramatik joʻshqinligi, serzavqligi hamda oʻzigagina xos samimiyligi bilan ajralib turadi. Hajmdan keng va kuchli, nihoyatda jozibali ovoz sohibi Karuzo repertuaridan jami 80 dan optiq, opera partiyalari oʻrin olgan. Shu bilan birga Karuzo mumtoz cherkov musiqasi asarlari, mumtoz romanslar, neapolitan va boshqa xalq qoʻshiqlarini nozik did bilan talqin etgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |