Kontent qismiga oʻtish

Mirqodir Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Karimov Mirqodir Abzalovichdan yoʻnaltirildi)

Mirqodir Abzalovich Karimov (1906.3.3 — Toshkent — 1979.26.12) — fitopatolog-mikolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), biologiya fanlari doktori (1954); professor ([[1954]). Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini tugatgan (1931). Toshkent oʻsimliklarni himoya qilish texnikumida ilmiy boʻlim mudiri, Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida dotsent, professor (1935—1971), fitopatologiya kafedrasi mudiri (1972—1979). Ilmiy ishlari beda zamburugʻ kasalliklari qoʻzgatuvchilarini aniqlash, gulli parazit oʻsimliklarga qarshi kimyoviy kurash usullarini ishlab chiqish, gʻoʻza, beda va boshqa ekinlarining kasalliklarini oʻrganishga bagʻishlangan. Asosan Gʻoʻza kasalliklari, T., 1975[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil