Amin Karimov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Amin Qahqorovich Karimov (15-mart 1936-yil, Buxoro – 16-mart 2006-yil, Buxoro) – dirijyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). Toshkent konservatoriyasining gʻijjak sinfini tugatgan (1958). Buxoro teatri (1952—1953) va Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1955—1958) da sozanda; Buxoro musiqa maktabida (1959—1965), Termiz musiqa bilim yurtida (1965—1973, 1988—1995) direktor; 1973—1988-yillarda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida direktor va bosh dirijyor. „Jon qizlar“ (Boyseitov), „Sevmaganga suykanma“ (N. Xalilov), „Oʻjarlar“, „Momo yer“ (I. Akbarov), „Vatan ishqi“, „Nurxon“ (S. Boboyev), „Qizil durrali nozik niholim“, „Toshkentning nozanin malikasi“ (M. Leviyev), „Maysaraning ishi“ (S. Yudakov) kabi spektakllarga dirijyorlik qilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |