Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Karaxan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Karaxan Nikolay Grigoryevichdan yoʻnaltirildi)

Nikolay Grigoryevich Karaxan (1900.17.5, Togʻli Qorabogʻ muxtor viloyati — 1970.18.6, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). 1908 yildan Oʻzbekistonda. Turkiston oʻlka rassomlik maktabida taʼlim olgan (1918—21). Toshkent rassomlik bilim yurtida dars bergan (1925—41). Karaxan asarlarida oʻzbek xalqining hayoti va mehnatini, tabiat manzaralarini rangli lavhalarda aks ettirgan: "Oʻroqchilarning ishdan qaytishi" (1927), "Sirdaryo sohilidagi bozor" (1929), "Gʻalla oʻrimi" (1930), "Buxoroda qurilish" (1933), "Ishga ketishyapti" (1934), "Ovqatlanish mahali" (1935) va booshqalar 30-yillarning oxirlaridan asarlarida respublika manzaralarini aks ettira boshladi, kishilarni ham manzaralar fonida tasvirladi ("Ayollar gʻallazorda", 1936; "Gʻalla elayotgan ayol", 1946; "Nanay yoʻli", 1954; "Oltin kuz", 1957; "Yashnayotgan vodiy", 1958; "Oltin simfoniya", 1965; "Soʻnggi nur", 1969 va b.). Koʻpgina rassomlar (jumladan, R.Ahmedov, Z.Inogʻomov va b.) Karaxanning shogirdlaridir. Karaxan asarlari respublika va chet mamlakatlar muzeilari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.[1]

  1. "Karaxan Nikolay Grigoryevich" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil