Sergey Kanash
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Sergey Stepanovich Kanash (1896.23.9 – Toshkent – 1975.30.10) — seleksioner olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi (1952) va VASXNIL (1948) akademik, Oʻzbekiston (1944) va Tojikiston (1946) Respublikalarida xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini tugatgan (1925). Turkiston seleksiya stansiyasida seleksioner, assistent (1925 – 29), SoyuzNIXIning Markaziy seleksiya stansiyasi sektor mudiri (1930-38), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1939–41), direktori (1942–57), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi va biol. fanlari boʻlimi raisi (1956–60), Butunittifoq gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot instituti direktori (1960–64). Kanash gʻoʻzaning serhosil, viltga va gommozga chidamli 8517, 8582, 8427, S-460, S-1579, S-1622, 18819, S-450555, S–1472, S–1225 va boshqalar navlarini yaratdi; ilmiy ishlari gʻoʻza biol.si, seleksiyasi va urugʻchiligi, har xil xromosomali gʻoʻza turlarini duragaylash usullari masalalariga bagʻishlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mejvidovaya gibridizatsiya v predelax raznoxromosomnix vidov xlopchatnika, M. – T., 1932.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |