Kontent qismiga oʻtish

Charles Cameron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kameron Charlzdan yoʻnaltirildi)

Charles Cameron (talaffuzi: Charlz Kameron; 1745-yil, Shotlandiya — 19-mart 1812-yil, Peterburg) — meʼmor, klassitsizm namoyandasi. Fransiya va Italiyada oʻqigan. 1779-yildan Peterburgda Yekaterina II saroyida ishlagan. 1802—1805-yillar Admiralteystvo kollegiyasida bosh meʼmor. Cameron qurgan Sarskoye Selo (hozirgi Pushkin sh.)dagi inshootlar majmuasi (1780—93) meʼmorligida rim termlari uslubi qoʻllangan. Pavlovskdagi saroy, bogʻ pavilonlari (1780—1801) va boshqa oʻzining klassik yorqinligi, nafisligi, meʼmorning fantaziyaga boyligi, kad. meʼmoriy shakl va bezaklar turli koʻrinishda talqin qilinishi bilan oʻziga tortadi. Alohida izlanuvchanlik va ustalik bilan qoʻllangan turfa xil materiallar Cameron yaratgan interyerlardagi nafis bezak va shakllarda (Pushkin shahridagi Katta saroy, Pavlovskdagi Yunon va Rim zallari, 1770—80 va boshqa) koʻzga tashlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil