Mixail Kalinin
Mixail Ivanovich Kalinin [1875.7(19).11, hozirgi Kalinin viloyati, Kashino tumani — 1946.3.6, Moskva] — 1917-yilgi Fevral inqilobi va Oktabr toʻntarishi qatnashchisi. Butun Rossiya MIK raisi (1919-yildan), SSSR MIK raisi (1922-yildan), SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1938-yildan). 1926-yildan partiya MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1919-yildan aʼzolikka nomzod). Iosif Stalin siyosatini qoʻllab-quvvatlab, 1930–40 yillardagi ommaviy qatagʻonlarga sanksiya bergan. 1925-yil fevralda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi munosabati bilan Oʻrta Osiyo (Toshkent)ga kelgan va milliy davlat chegaralanishi boʻyicha markaz nomidan tegishli yoʻl-yoʻriqlar bergan. Oqibatda Turkiston xalqlari birga yashab kelgan oʻlkalarni sunʼiy ravishda chegaralash vositasida ajratib-boʻlib yuborish siyosati yuritila boshlangan.[1]