Kontent qismiga oʻtish

Kaliy sulfat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(K2so4dan yoʻnaltirildi)

Kaliy sulfat, K2SO4 – kaliyli oʻgʻit, sulfat kislota (H2SO4) ning kaliyli tuzi. Sargʻish tusda tovlanadigan kristall, sochiluvchan oq kukun, namiqmaydi, mushtlanib qolmaydi, suvda yaxshi eriydi. Oʻgʻit sifatida ishlatiladigan texnik holdagi K.s. tarkibida 48—52% kaliy oksid (K2O) bor. Glazerit (3K2SO4 • Na2SO4), kainit(K2SO4- MgCl2- 6N2O) va shenit (K2SO4 • MgSO2 • 6N2O) kabi tarkibida koʻp minerali boʻlgan kaliyli rudalarni kompleks holda qayta ishlab olinadi. Xlor bilan shoʻrlangan tuproqlar uchun eng samarali oʻgʻit hisoblanadi. Tuprokdan koʻp miqdorda oltingugurt oluvchi dukkaklilar (beda) va karamguldoshlar (karam, turneps, xantal va b.) hosildorligiga K.s. tarkibidagi sulfat ioni yaxshi taʼsir qiladi. Samaradorligiga koʻra kaliy xloriddan qolishmaydi. Gʻoʻza va b. ekinlar ekiladigan dalalarda kuzgi shudgorlashda asosiy oʻgʻit sifatida, shuningdek, gʻoʻzaning shonalash – koʻsak tugish fazasida oziq sifatida beriladi. K.s. kaliy xlorid miqdorida qoʻllanadi.[1]kaliy oʻsimliklarda oqsil hosil qilish uchun ahamyatga ega. Oqsil hosil qilish uchun azot kerak, azot xlorofillga, nuklein kislotasiga, fosforit va boshqa organik azotli moddalarga zarur. Kaliy unsuri ham zarur hisoblanadi. Donda 0,5% , somonda 0,8-1,5% kaliy boʻladi. Kaliy oqsilni sintezlashda qatnashadi. Karbon suvlarini hosil boʻlishida kaliy ishtirok etadi. Kaliyning yordami bilan xlorofill, karotin, ksantofil miqdori oshadi. Kaliy oʻsimlik tomonidan azot va fosforni oʻzlashtirishni yaxshilaydi, ildiz qismini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatib turli xildagi zamburugʻ kasalliklariga hamda qurgoqchilikka va past xaroratga chidamliligigi oshiradi. Gʻoʻzaga kaliy etish maganda tola va chigit sifati pasayadi, hosil kamayadi. Manba(Oʻsimlikshunoslik [Matn] : darslik / X. A. Idrisov, S. M. Nazarova. – Buxoro : Sadriddin Salim Buxoriy, 2023. – 292 b.).

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil