Junjish
Koʻpchiligimiz hayotda bunday vaziyatlarni tez-tez boshdan oʻtkazib turamiz. Masalan, bir joyda uzoq turib, yoki oʻtirib qolsak, oyoq yoki qoʻllar uvishganiga guvoh boʻlamiz. Aksariyat odamlar oʻrnidan qoʻzgʻalishi bilan uvishish jarayoni yoʻqqa chiqadi. Lekin koʻpchilikda uvishgan oyoq-qoʻl uzoq vaqtdan keyingina oʻziga keladi.
Olimlarning aytishicha, bu tomirlarda qon aylanish jarayoni izdan chiqishi natijasida paydo boʻladi.Natijada muskullarga kislorodga boy qon kelmay qolishi natijasida glukoza sut kislotaga parchalanib, sut kislota esa kislorod ishtirokida parchalanishi ATF hosil bulishi sekinlashadi va sut kislota ko'payib ketadi va uvishish xosil buladi. Odam oʻrnidan qoʻzgʻalsa, tomirlarda qon yana ilgarigidek bemalol aylanib, uvishish oʻtib ketadi.
Afsuski, buning boshqa bir xavfli jihati ham bor ekan. Olimlar oyoq-qoʻl uvishishi jiddiy xastalikdan darak ekanini oʻz tadqiqotlarida tekshiruvdan oʻtkazishdi va kerakli xulosalar chiqarishdi. Agar odamning oyoq-qoʻli tez-tez uvishib qolaversa, u boʻyin osteoxondrozi yoki sklerozning oʻta xavfli turiga yoʻliqishi mumkin ekan. Shu sababli bunday insonlar darhol vrach koʻrigidan oʻtib, mutaxassis tavsiya etadigan muolajalarni boshlashi zarur ekan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |