Toʻxtamurod Jumayev
Toʻxtamurod Murtazoyevich Jumayev (1945-2021-yy.) – Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi,"El-yurt hurmati" ordeni va „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni sohibi. Buxoro viloyatidagi xalqaro matematika faniga ixtisoslashtirilgan „Qorakoʻl maktabi“[sayt ishlamaydi] asoschisi.
Toʻxtamurod Jumayev 1945-yil 15-avgustda Olot tumanida tugʻilgan. Buxoro pedagogika institutini matematika fakultetini 1967-yilda matematika oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
1961-yildan Qorakoʻl tumanidagi 10-oʻrta maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi sifatida ish faoliyatini boshlagan. 1963-yildan Olot tumanidagi 3-maktab, keyinroq Qorakoʻl tumanidagi 8-maktabda matematika oʻqituvchisi, kechki maktab mudiri, direktori oʻrinbosari sifatida ishlagan. 1990—2009-yillarda Qorakoʻl tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab-internatini, 2009-yillarda Buxoro Davlat Universiteti qoshidagi 3-son Qorakoʻl akademik litseyiga rahbarlik qilgan[1].
1999-yilda Oʻzbekiston matematika jamiyati aʼzoligiga qabul qilindi. T.Jumayev faoliyati davomida oʻquv-tarbiya ishlarini takomillashtirib, taʼlim sifatini yaxshilashga erishdi. Taʼlim berishda zamonaviy oʻquv qurollari va kompyuterlar asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻlladi. Toʻxtamurod Jumayev matematika fani boʻyicha bir necha didaktik qoʻllanmalar muallifi.[2]
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2019-yilda ilk marotaba Toʻxtamurod Jumaev matematika olimpiadasi tashkil qilingan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻxtamurod Jumayev 1995-yilda Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi boʻlgan. Shuningdek, „Buyuk xizmatlari uchun“ va „Mehnat shuhrati“ ordenlari sohibi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi [Izomaterial]: kitob-albom/Xalq taʼlimi vazirligi – Toshkent: 2021.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „«Qorako‘l maktabi» asoschisi To‘xtamurod Jumayev vafot etdi“ (O'zbekcha). kun.uz (2021-yil 14-iyul). Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |