Kontent qismiga oʻtish

Jubron Xalil Jubron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jubrondan yoʻnaltirildi)
Jubron Xalil Jubron
Asl ismi arabcha: جبران خليل جبران
Tavalludi 6-yanvar 1883-yil
Vafoti 10-aprel 1931-yil(1931-04-10)
(48 yoshda)
Nyu-York
Kasbi yozuvchi, faylasuf, rassom
Ijod qilgan tillari Arab tili, Amhara tili, Fransuz tili[1] va Ingliz tili
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi, State of Greater Lebanon va Lebanese Republic under French mandate

Jubron Xalil Jubron (arabcha: جبران خليل جبران; inglizcha: Kahlil Gibran; 1883.1.6, Livan, Bsharre qishlogʻi — 1931.4.10, Nyu-York) — arab yozuvchisi, faylasuf, rassom. Arab, ingliz tillarida ijod qilgan. Ilk ijodi romantik ruhda ("Halil-Kofir", "Isyonkor ruhlar" hikoyalar toʻplamlari). "Singan qanotlar" (1912) qissasi mashhur. "Koʻz yoshlari va tabassum" (1914) toʻplami 60 ga yaqin saj (qofiyalangan nasr) bilan yozilgan kichik sheʼriy parchalardan iborat boʻlib, unga "Mening tugʻilgan kunim", "Shoir avlodi" kabi romantik asarlari kiritilgan. "Namoyishkorona yurish" (1918) falsafiy-sheʼriy asari yozuvchi dunyoqarashini aks ettirsa, "Boʻron" (1920) toʻplamida hayotda uchraydigan loqaydlik, boqimandalik, ikkiyuzlamachilik (munofiqlik) kabi illatlar tanqid qilinadi. "Aqldan ozgan" (1918), "Oldinda yuruvchi" (1920), "Paygʻambar" (1923), "Qum va koʻpik" (1926), "Iso — inson oʻgʻli" (1928), "Yer xudolari" va b. asarlari Gʻarb kitobxonlariga moʻljallangan. J. ijodida oʻz falsafiy qarashlarini targʻib qilishga harakat qilgan. Uningcha, faqat maʼnaviyat eng yuksak qadriyat namunasi boʻla oladi va ruhning buyukligini aks ettiradi. YUNESKO qarori bilan 1983-yilda butun jahonda J. tavalludining 100 yilligi nishonlangan.[2]

  1. — С. 103.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil