Kontent qismiga oʻtish

Jizzax issiqnon aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

JIZZAX "ISSIQNON" AKSIYADORLIK JAMIYATI - "Oʻzdon mahsulot" davlat aksiyadorlik korporatsiyasi tizimida faoliyat koʻrsatadi. Jizzax non zavodi 1953 yilda Jizzax sh.da tashkil qilingan. 1994 yilda hozirgi nomdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. Korxona sutkasiga 12 t non va non mahsulotlarini ishlab chiqarishquvvatiga ega. Korxonada 20 turdagi non va un mahsulotlari ishlab chiqariladi. Qoʻshimcha qandolat mahsulotlari, yaxna ichimliklar va mahsulotning boshqa turlarini ishlab chiqarishyoʻlga qoʻyilgan. Italiya texnologiyasi asosida makaron mahsulotlari ishlab chiqarishsexi toʻla quvvati bilan ishlaydi (2001).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil