Kontent qismiga oʻtish

Jacques Cousteau

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jak-Iv Kustodan yoʻnaltirildi)
Jacques-Yves Cousteau
Tavalludi 11-iyun 1910-yil
Saint-André-de-Cubzac, Gironde, Fransiya
Vafoti 25-iyun 1997-yil(1997-06-25)
(87 yoshda)
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Okeanshunoslik, ekologiya
Mashhur ishlari Akvalang ixtirosi, Dunyo okeani tadqiqoti

Jacques-Yves Cousteau (talaffuzi: Jak-Iv Kusto; 11-iyun, 1910 — 25-iyun, 1997) fransuz dengizchisi, okeanshunos, tadqiqotchi, ekolog, rejissor, suratkash, ixtirochi. Fransiya akademiyasi aʼzosi. Kapitan Cousteau nomi bilan tanilgan. Cousteau birinchi boʻlib suv ostida mustaqil nafas olish apparatini (Akvalang) ixtiro qildi, bu unga birinchi suv osti hujjatli filmlarini yaratishda yordam bergan. Plutondagi Cousteau toʻsigʻi uning sharafiga nomlangan. Jacques Cousteau koʻplab kitoblar va filmlar muallifi. „Kusto komandasining suvosti sarguzashtlari“, „The Silent World: A Story of Undersea Discovery and Adventure“ kabi koʻp qismli filmlari tufayli kino sohasida 1956-yilda Kann festivalining bosh mukofoti, 1957-yilda eng yaxshi hujjatli film uchun Akademiya mukofoti bilan taqdirlangan.

1948-yilda Jacques Cousteau
1948-yilda Jacques Cousteau

Jacques Cousteau 1910-yil 11-iyunda Fransiyadagi Jironda departamenti, Saint-André-de-Cubzac shahrida Daniel Cousteau va Elizabeth Cousteau oilasida tugʻilgan. Cousteauning Per-Antuan ismli akasi boʻlgan. Jacques yoshligidanoq suvga shoʻngʻishga qiziqqan. 7 yoshida unga surunkali enterit tashxisi qoʻyilgan. Shuning uchun oila shifokori ogʻir jismoniy mashqlar qilishni tavsiya etmaydi. Kasallik tufayli Cousteau ozib ketadi[1].  Cousteau Parijdagi Stanislas kollejida oʻqigan. 1930-yilda dengiz akademiyasiga oʻqishga kirgan. U oʻqigan guruh birinchi boʻlib „Janna d’Ark“ kemasida dunyo boʻylab sayohat qiladi. Harbiy Akademiyani praporshchik unvoni bilan tugatgan Cousteau Shanxaydagi dengiz bazasiga tayinlangan. Shuningdek, SSSRga tashrif buyurgan, bu yerda juda koʻp fotosuratlar olgan, ammo deyarli barcha materiallari musodara qilingan.

Kusto
Kusto
Kusto Kalipso kemasida
Kusto Kalipso kemasida

Biroq, avtohalokat natijasida olgan jarohati tufayli dengiz aviatsiyasidagi faoliyatini erta yakunlagan. Reabilitatsiya kursi sakkiz oy davom etdi. Reabilitatsiya davomida 1936-yilda Cousteau Tulon portiga tayinlangan Suffren kreyserida instruktor vazifasiga tayonlangan. Bir kuni u doʻkonga borib, shoʻngʻish uchun moʻljallangan koʻzoynakni koʻradi. Ular bilan shoʻngʻib, u bundan buyon uning hayoti butunlay suv osti dunyosiga tegishli ekanligini tushundi. Dengiz tubi dunyosi Yerning uchdan ikki qismidan ko'prog'ini egallashini anglab, o'z hayotini suv osti okeanografik tadqiqotlariga  qaror qildi.

1937-yil 12-iyulda Jacques Cousteau oʻzining biznes hamkori[2] Simone Melchior bilan oila qurgan. Ularning ikki oʻgʻli bor: Jan-Mishel (1938-yilda tugʻilgan) va Filipp (1940-1979, Katalina samolyoti halokatida vafot etgan). Cousteauning oʻgʻillari Kalipso kemasidagi sarguzashtlarda ishtirok etganlar. Ikkinchi jahon urushi davrida  Fransiya qarshilik harakati ishtirokchisi  boʻlgan[3][4]. 1950-yillarning boshidan beri Cousteau Kalipso (Qirollik dengiz flotining foydalanishdan chiqarilgan mina qoʻriqlash kemasi) yordamida okeanografik tadqiqotlar olib bordi. Cousteauga 1953-yilda Frederik Dyuma bilan hamkorlikda yozilgan „The Silent World“ kitobi eʼtirof etildi. Kitob asosida suratga olingan film 1956-yilda „Oskar“ va „Oltin palma mukofotini“ni qoʻlga kiritgan. 1957-yilda Cousteau Monako Okeanografiya muzeyining direktori etib tayinlangan. 1973-yilda dengizni muhofaza qilish boʻyicha notijorat Cousteau jamiyatiga asos solgan.

1991-yilda rafiqasi Simone saraton kasalligidan vafot etganidan soʻng, Fransin Tripletga uylanadi. Tripletning Cousteau bilan nikohiga qadar Diane Cousteau ismli qizi (1980-yilda tugʻilgan) va Per-Iv Cousteau (1982-yilda tugʻilgan) ismli oʻgʻli bor edi.

Jacques Cousteau 1997-yil 25-iyun kuni 87 yoshida respirator kasallikning asoratlari natijasida miokard infarktidan vafot etdi. Xotirasi uchun milliy vidolashuv marosimi bilan oʻtkazilgan. Jacques Cousteau Sent-Andre-de-Kubzak qabristonidagi oilasi yoniga dafn qilingan.

Baxtsiz hodisa Cousteauni rejalarini oʻzgartirib, okeanga boʻlgan ishtiyoqini oshirdi[5].

Urush voqealari (1939—1944)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jak-Iv Kusto barcha fransuz dengizchilari singari Ittifoqchilarning operatsiyalarida qatnashgan. 1939-yil sentyabrdan 1940-yil iyunigacha oʻqotar ofitser sifatida Italiyaga qarshi Vado operatsiyasida qatnashgan. Italiyalik hamkasblari, doʻstlari keyinchalik Cousteau Genuyani bombardimon qilish paytida yigʻlayotganini koʻrgan. Soʻng taʼtilga chiqarildi. 1940-yil iyunda hamkasblari singari Cousteau oʻz faoliyatini toʻxtatmadi. 1941-yilda Fransua Darlanning iltimosiga binoan Fransiyada Italiya razvedka xizmatlariga qarshi operatsiya oʻtkazdi. Oʻzining jangovar harakatlari uchun Kusto bir nechta harbiy ordenlarni oldi, shu jumladan 1939-1945-yillardagi urush xochini qabul qildi.

Dengiz tadqiqotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cousteau 1938-yilda Frederik Dyuma va Filipp Taillet bilan niqob, shnorkel va suzgichlardan foydalangan holda suvda sho'ng'ishni boshlagan. 1943-yilda Emil Gagnan bilan birgalikda ishlab chiqqan akvalangning birinchi prototipini sinovdan o'tkazadi. Bu kashfiyot birinchi marta uzoq muddat davomida suv osti tadqiqotlarini o'tkazish imkonini berdi. Natijada suv osti dunyosi haqidagi zamonaviy bilimlarni yaxshilanishiga katta hissa qo'shadi. Cousteau suv o'tkazmaydigan kameralar va yoritish moslamalarini yaratuvchisiga aylandi, shuningdek, birinchi suv osti televizion tizimini ixtiro qilgan.

Cousteau bir necha bor oʻz ishida noprofessional va parasiyoniklikda ayblangan. Shuningdek, suv osti dunyosini oʻrganishdagi shafqatsiz usullari (masalan, dinamit bilan baliqlarni oʻldirish) uchun tanqid qilingan[6]. „The Silent world“ filmi haddan tashqari tabiiyligi va zoʻravonlik koʻrinishidagi sahnalari uchun tanqid qilingan[7][8]. Cousteauning yana bir filmi „World without Sun“ esa tanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilindi. Biroq, rejissyorni soxta kadrlardan foydalanganlikda ayblangan javoblar ham boʻldi. Xususan, The New York Times sharhlovchisi Bosli Krauser ba'zi epizodlarga shubha ostida qaraydi, masalan, suv ostida chuqur dengiz g'orida havo pufakchasi chiqishi, chunki odatda bunday g'orlarda gaz muhiti nafas olishga mos kelmaydi[9].

Cousteau bilan 6 yil suzib yurgan Volfgang Auerning ta'kidlashicha, ko'plab qotilliklar va baliqlarga nisbatan shafqatsizliklar maqsadli bo'lgan. Ya'ni, Cousteau tomonidan filmlarida sifatli suratga olish uchun qilingan[10].

Shunga qaramay, ko'pchilik tadqiqotchilar va hamkasblari uni tabiatsevar deb bilishadi.

  1. Markham, Lois: Jacques-Yves Cousteau: Exploring the Wonders of the Deep, s. 8
  2. Lunn, Rosemary E.. „WDHOF announces new Simone Melchior Cousteau Grant“ (en). X-Ray International Dive Magazine (2021-yil 8-mart). 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.
  3. „Кто есть кто в мире : 1500 имен — Google Книги“. 2013-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-sentyabr.
  4. „Статья о Вашем отдыхе: Капитан первого ранга“ (deadlink). 2012-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-iyun.
  5. „Jacques Cousteau | French ocean explorer and engineer“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2016-yil 2-mart.
  6. „ХАРИЗМАТИЧНЫЙ ЛИДЕР ЖАК-ИВ КУСТО“ (deadlink). 2014-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-mart.
  7. „Операция «Преконтинент I» | JAK-IV KUSTO“ (deadlink). 2015-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-mart.
  8. Po dannim sayta „Кинопоиск“, rossiyskie zriteli preimuщestvenno negativno otsenili film, v osnovnom iz-za ssen jestokosti s kitami
  9. „World Without Sun (1964)“. NY Times. Qaraldi: 2011-26-04.
  10. „Великий Кусто мучил тварей бессловесных“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-mart.