Iso Jabborov
Jabborov Iso (1929.30.12, Toshhovuz sh., Turkmaniston) – etnograf va faylasuf olim.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), falsafa fanlari d-ri (1973), prof. (1974). Moskva davlat universitetini tugatgan (1951). Oʻzbekiston FA Tarix institutining katta ilmiy xodimi (1954— 1964), ToshDU dotsenti (1964-1967), partiya ishlarida (1967—70), Ijtimoiy fanlar akademiyasi doktoranti (1970—1972), ToshDU kafedra mudiri (1973—1997), Temuriylar tarixi davlat muzeyi budim mudiri (1997-yildan). Ilmiy ishlari etn., tarix, falsafa, dinshunoslik muammolariga bagʻishlangan. Uning G. Dresvyanskaya bilan hammualliflikdagi „Ruhlar, avliyolar, Urta Osiyo xudolari. Din tarixi ocherklari“ („Duxi, svyatie, bogi Sredney Azii. Ocherki po istorii religii“, T., 1993) kitobi xitoy tilida nashr qilingan (Pekin, 2002). „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan (1995)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koʻhna harobalar siri, T., 1968; Jahon xalqlari etnografiyasi, T., 1984; Oʻzbek xalqi etnografiyasi, T., 1994; Antik madaniyat va maʼnaviyat xazinasi, T., 1999; Buyuk xorazmshohlar davlati, T., 1999.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |