Ferro
Qiyofa
(Iyerrodan yoʻnaltirildi)
Ferro, Iyerro – Atlantika okeanidagi orol hisoblanadi. Maydoni 275 km². Eng baland joyi 1501 m. Iqlimi tropik quruq iqlim. Issiq buloqlar bor. Endemik oʻsimlik turlariga boy. Aholi dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Echki va qoʻy, qoramol boqiladi. Bosh shahri – Valverde. 1884-yilgacha bir qancha mamlakatlarda Ferro (taxminan 18° gʻ.u.) orqali oʻtkazilgan meridian boshlangʻich meridian sifatida qabul qilingan edi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |