Kontent qismiga oʻtish

Ivano-Frankivsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ivano-frankovskdan yoʻnaltirildi)

Ivano-frankovsk (1962-yil gacha Stanislav) — Ukrainadagi shahar, Ivano-Frankovsk viloyati markazi. Karpat togʻlarining etaklarida. Temir va shosse yoʻllar tuguni. Aeroport bor. Aholisi 237,0 ming kishi (1997). Shaharga 1962-yil da ukrain yozuvchisi I. Ya. Franko nomi berilgan. Sanoatning muhim tarmoqlari: yengil (trikotaj, tikuvchilik, badiiy buyumlar i. ch. f-kalari, koʻn korxonasi), oziq-ovqat sanoati (goʻsht, non, spirtaraq kombinatlari va b.), yogocheozlik (mebel f-kasi), metallsozlik (asbobsozlik, avtomobil tuzatish, lokomotiv tuzatish), kimyo. 3 oliy oʻquv yurti, Ukraina musiqali drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, oʻlkashunoslik, badiiy, Karpat boʻyi badiiy muzeylari mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan kostyol (18-asr), arman cherkovi saqlanib qolgan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil