Istiqlol koʻchasi (Toshkent)
- Ushbu maqola koʻcha haqidadir. Istiqlol soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent viloyati |
Shahar | Toshkent shahri |
Tuman | Yunusobod tumani |
Uzunligi | 0.8 kilometr |
Kengligi | 18 metr |
Yaqin metro bekatlari | Mustaqillik maydoni (metro bekati) |
Avtobuslar | 30, 37, 71, 91 |
Avvalgi nomlari |
Vorontsov (1865-1917), Stalin (1917-1961), Bratskaya (1961-1965 Hadicha Sulaymonova (1965-2008)[1] |
Kesishgan koʻchalari |
Navoiy shoh koʻchasi Rashidov koʻchasi Amir Temur shoh koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar |
Toshkent zarbxonasi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi |
41°18′57.5″N 69°16′37″E / 41.315972°N 69.27694°E
Istiqlol koʻchasi (1917-yilgacha – Vorontsov shoh koʻchasi, 1961-yilgacha – Stalin koʻchasi, 1965-yilgacha – Bratskaya koʻchasi, 2013-yilgacha – Hadicha Sulaymonova koʻchasi, koʻchaning bir qismi Xorazm koʻchasi deb atalgan) – Toshkent shahri markazidagi koʻcha, Buyuk Turon va Istibol koʻchalari oraligʻida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Istiqlol koʻchasi shaharning eng qadimiy koʻchalaridan biri boʻlib, 1865-yilda eski Oʻrdaning janubiy devori boʻyidagi ariq oʻrnida paydo boʻlgan. Oʻsha vaqtda uzunligi 1,7 km boʻlgan. Oktyabr inqilobigacha bu koʻchada yirik maʼmuriy, madaniy-maʼrifiy muassasalar joylashgan edi. 1873-yilda bu koʻchada Turkiston general-gubernatorligi idorasi binosi qurilgan (Sovet davrida Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi joylashgan, 18-uy).
Koʻchaning qarama-qarshi burchagida 1870-yildan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona)[2] va kimyo laboratoriyasi joylashgan. 1876-yilda Oʻrta Osiyoda birinchi Turkiston oʻlkashunoslik muzeyi laboratoriya qoshida alohida xonalarda joylashgan (1948-yilda bu yerda Alisher Navoiy nomidagi kutubxonaning yangi 2 qavatli binosi qurilgan).
1899-yilda kutubxona roʻparasida shahar dumasi binosi klassik arxitektura uslubida qurilgan (meʼmor Gamburger). Koʻcha rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan Duma binosi buzib, oʻrniga Oʻzbekiston Davlat rejalashtirish qoʻmitasi binosi qurilgan.
1885-yilda Vorontsov shoh koʻchasi boʻylab bogʻ tashkil etilgan. Sulaymonova va Ikan koʻchalari burchagida meʼmor Svarichevskiy[3] loyihasi boʻyicha qurilgan bir qavatli bino saqlanib qolgan. Oʻtgan asrning 90-yillari boshida bu binoda Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati joylashgan edi. Undan oldin esa OʻzSSR Tashqi ishlar vazirligi binosi boʻlgan.
1889—1899-yillarda Rossiyaning mashhur siyosiy va jamoat arbobi, 1917-yilda Rossiya Muvaqqat hukumatining vaziri-raisi boʻlgan A. F. Kerenskiy Vorontsov shoh koʻchasidagi 47-uyda[4] ota-onasi bilan hukumat kvartirasida yashagan.
Diqqatga sazovor joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Istiqlol koʻchasida bir qavatli va koʻp qavatli yakka tartibdagi binolar, shuningdek, noturar joy binolari joylashgan[5] [6]. Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi[6], 50-sonli maktab, „Bon“ qahvavaxonalar tarmogʻi filiali, „Credo“ restorani.
Jamoat transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtobus yoʻnalishlari: 30, 37, 71, 91
Koʻcha yaqinida „Mustaqillik maydoni“ metro bekati joylashgan.
Fotogalereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Stalina, Bratskaya, Suleymanovoy, Istiklol“
- ↑ 1921-yil may oyida kutubxona binosida toshkentlik adabiyotshunoslarning shoir Sergey Yesenin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
- ↑ Uy oʻlka general-gubernatoriga tegishli degan notoʻgʻri tushuncha bor, lekin bu hujjatlarda tasdiqlanmagan.
- ↑ Uy Amir Temur shoh koʻchasi (1991-yilgacha – Moskva, Engels koʻchasi deb atalgan) va Istiqlol koʻchasi burchagida joylashgan.
- ↑ „"Istiqlol ko'chasi, Toshkentdagi korxona va tashkilotlar" yo'nalishida faoliyat yurituvchi tashkilotlar ro'yxati: kontaktlar, joylashuv, ish vaqti“. goldenpages.uz. Qaraldi: 5-noyabr 2023-yil.
- ↑ „O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI“. orginfo.uz. Qaraldi: 5-noyabr 2023-yil.