Kontent qismiga oʻtish

Hasan Hüseyin Korkmazgil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hasan Husayn Qo'rqmasgildan yoʻnaltirildi)
Tavalludi 1927
Vafoti 1989
Ijod qilgan tillari Turk tili
Fuqaroligi Turkiya

Hasan Hüseyin Korkmazgil (1927—1984-yil 26-fevral) – turk shoiri, sotsialistik-realistik sheʼriyatning yetakchi namoyandalaridan biri sifatida ijod qilgan adib.

Hasan Hüseyin Korkmazgil qabri, Karşıyaka qabristoni

Hasan Hüseyin 1927-yil Sivasning Gurun tumanida tugʻilgan. 1948-yil Hasan Hüseyin Adanadagi oʻgʻil bolalar litseyini, undan keyin 1950-yili Anqaradagi Gazi taʼlim institutini tamomlagan[1]. Hasan Hüseyin Korkmazgil dastlabki faoliyatini Goʻksun shahridagi maktabda dars berishdan boshlagan. Siyosiy qarashlari sababli oʻqituvchilikdan haydaladi, hibsga olinadi va siyosiy harakat ishtirokchisi sifatida ayblanib sudlanadi. 1955—1960-yillarda Gurun va Sivasda kotiblik qilgan. Bundan tashqari, rassom va qurilishda ishchi boʻlgan.

1960-yil biroz muddat Istanbulda yashaydi, keyin esa Anqaraga koʻchib oʻtadi. „Akis“ jurnalida ishladi. U bir muddat (1968—1970) „Forum“ jurnalining badiiy sahifalariga muharrirlik ham qiladi. „Qizil irmoq“ nomli kitobi uchun kommunistik targʻibot olib borganlikda ayblanadi va unga qarshi jinoiy ish ochiladi. Hasan Hüseyin 3 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Lekin biroz muddat oʻtgach oqlanadi.

Hasan Hüseyin oʻrta maktabda oʻqib yurgan kezlardayoq ilk sheʼrlarini yoza boshlaydi. Uning dastlabki sheʼri 1959-yilda „Dost“ nomli jurnalda chop etilgan edi. Bu yillarda uning hajviy hikoyalari ham nashrdan chiqadi. „Kavel“ (tarjimasi: Ish tashlash[oydinlashtirilsin], 1963) nomli kitobi bilan 1964-yilda Yeditepe sheʼriyat mukofotini, 1970-yil „Kızılkuğu“ nomli asari uchun TRT telekanalining „sanʼat muvaffaqiyati“ mukofotini (1971), 1981-yil Ömer Faruk sheʼr mukofoti va „Filizkıran Fırtınası“ asari uchun Nevzat Üstün mukofotini (1981) qoʻlga kiritgan.

Shoir 1983-yilda miyasiga qon quyilishi oqibatida bir yil davomida ogʻir ahvolda yashagan. 1984-yil 26-fevralda esa oʻz uyida vafot etgan. Maltepe masjidida oʻqilgan janoza namozidan keyin Karşıyaka qabristoniga dafn qilingan.

Hasan Hüseyin Korkmazgilning rafiqasi Azime Korkmazgildan „Bir Oğlum Olacak Adı Temmuz“ sheʼrida tilga olingan Temmuz Korkmazgil (1965) ismli bir oʻgʻli bor. U ham ijod qilib keladi.

  • Kavel (1963)
  • Temmuz Bildirisi (1965)
  • Kızılırmak (1966)
  • Kızılkuğu (1971)
  • Ağlasun Ayşafağı (1972)
  • Oğlak (1972)
  • Acıyı Bal Eyledik (1973)
  • Kelepçemin Karasında Bir Ak Güvercin (1974)
  • Koçero Vatan Şiiri (1976)
  • Haziranʼda Ölmek Zor (1977)
  • Filizkıran Fırtınası (1981)
  • Acılara Tutunmak (1981)
  • Işıklarla Oynamayın (1982)
  • Tohumlar Tuz İçinde (1988)
  • Kandan Kına Yakılmaz (1989)

Hajviy hikoyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Öhhöööö! (1964)
  • Made in Türkey (1970)
  • Bıyıklar Konuşuyor (1971)
  • Bağdat Basra Yollarında (1974)

Bolalar uchun kitoblar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Eşeğin Gözyaşları
  • Aşıcı Baba
  • Ormanın Öcü
  • Ressamın Bıldırcınları
  • Becerikli Çocuğun Düşleri
  1. 20. Yüzyıl Türk Şiiri Antolojisi. bilgi yayınevi, Eylül 2009 — 393-bet. ISBN 975-494-022-3.