Kunjak madrasasi
Madrasa | |
Kunjak madrasasi
Hammomi kunjak madrasasi Hoji Yoʻldosh madrasasi Yoʻldoshboy madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | Imom Buxoriy MFY, Amiriy koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Kichik |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Hoji Yoʻldosh ibn Soliboy |
Homiylar | Hoji Yoʻldosh ibn Soliboy |
Asosiy sana: XX asr boshlari
| |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Ayanchli ahvolga kelib qolgan |
Hujralar soni | 7 (10—12 ta boʻlgan) |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Kunjak madrasasi (Hammomi kunjak madrasasi; Hoji Yoʻldosh madrasasi; Yoʻldoshboy madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 1 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa XX asring boshida Buxoro amirligi poytaxtining Hammomi kunjak guzarida, oʻzbek hukmdori Abdulahadxon (1885–1910) hukmronligi davrida, Hoji Yoʻldosh ibn Soliboy ismli shaxs mablagʻlari evaziga Hammomi kunjak masjidi yonida bunyod etilgan[2][3]. Shu sababdan ham bu oʻquv dargohi Hoji Yoʻldosh yoki Yoʻldoshboy madrasasi nomlari bilan ham yuritiladi[4].
Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat qozi Mir Baxriddin ibn Sadriddin muhri bilan tasdiqlangan[2].
Sovetlar hukmronligi oʻrnatilganidan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.
2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2014-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash, restavratsiyalash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish ishlari rejalashtirildi va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 5 million soʻm mablagʻ ajratilgan[5].
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1].
2020-yil maʼlumotlariga koʻra, Kunjak madrasasining butligini saqlash, uning holatini yaxshilash, restavratsiya qilish hamda sayyohlar uchun jozibador obyektga aylantirish boʻyicha investor tomonidan loyiha taqdim etilgan. Madrasaning negizida turistik xizmat koʻrsatish obʼekti tashkil etish boʻyicha dastlabki loyiha tayyorlanib, Oʻzbekiston Madaniy meros departamenti huzuridagi ilmiy-ekspert Kengashiga taqdim etilgan[6].
Buxoro shahridagi Imom Buxoriy MFYga qarashli Amiriy koʻchasida joylashgan[1].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 1 qavatli qilib qurilgan[3]. 7 hujradan tashkil topgan (ilgari 10-12 hujrasi boʻlgan)[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi, 2017 — 440—441-bet.
- ↑ 3,0 3,1 „Медресе Хусайни (Мухаммад Юнус-бий)“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi, 2017 — 288-bet.
- ↑ „Государственная программа по исследованию, консервации, реставрации и приспособлению для современного использования объектов культурного наследия г. Бухары до 2020 года“. Nrm.uz. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ „Buxorodagi 16 ta madaniy meros obyektini jozibador maskanga aylantirish uchun investorlar tomonidan qancha sarmoya kiritilmoqda?“. Xs.uz. 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.