Kontent qismiga oʻtish

Millatlar hamdoʻstligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hamdo'stlikdan yoʻnaltirildi)

Hamdoʻstlik (1947-yilgacha Britaniya millatlar hamdoʻstligi) — Buyuk Britaniya va uning sobiq koʻpgina dominionlari hamda mustamlakalaridan iborat birlashma. Hamdoʻstlikning huquqiy maqomi 1931-yil Vestminster statuti bilan belgilab berilgan (1947-yil aniqlik kiritilgan). Unda Hamkorlikga aʼzo davlatlarning oʻzaro hamda Britaniya bilan munosabatlari, ularning ichki siyosatda ham, tashqi siyosatda ham mustaqil va teng huquqli davlat sifatida faoliyat yuritishi oʻz ifodasini topgan. 1971-yil Singapurda imzolangan hamdoʻstlik prinsiplari toʻgʻrisidagi Deklaratsiya hamdo'stlik kon-sensus tamoyillari asosida ish olib boruvchi ixtiyoriy birlashma ekanligini tasdiqladi. Hamdoʻstlik 30 respublika va 21 monarxiyadan tashkil topgan. 16 monarxiya davlat boshligʻi sifatida Buyuk Britaniya qirolini tan oladi, bu mamlakatlarda general gubernator qirol nomidan ish koʻradi; 5 monarxiya oʻz qiroliga ega. Buyuk Britaniya monarxi hamdoʻstlik boshligʻi va uning ramzi hisoblanadi. Hamdoʻstlik mamlakatlari har yili konferensiya oʻtkazadilar. Hamdoʻstlik Kotibiyati mavjud. Buyuk Britaniyada hukumat tarkibida hamdoʻstlik ishlari boʻyicha vazir bor.