Kontent qismiga oʻtish

Yunonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Greklardan yoʻnaltirildi)

Yunonlar (oʻzlarini hellenes deb ataydilar) — xalq, Yunoniston va Kiprning asosiy aholisi. Umumiy soni 12,5 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Jumladan Yunoninstanda 9,7 mln. kishi, Kiprda 570 ming kishi, AQShda 550 ming kishi, Olmoniyada 300 ming kishi, Kanadada 150 ming kishi, Rossiya Federatsiyasida 92 ming kishi va boshqa Yunon (yangi yunon) tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan pravoslavlar. Yevropeoid irqiga mansub.

G. koʻp ayerlik tarixga ega xalq (qarang Yunoniston). Qad. yunon elati mil. av. 2-ming yillikning boshlarida Bolqon yarim orolga qad. grek qabilalari — axeylar va ioniylar, mil. av. 12-asrda esa — doriylar koʻchib kelib, mahalliy tub aholi (pelasglar va boshqalar) bilan qoʻshilib ketishi natijasida shakllana boshlagan. Yunon kolonizatsiyasi davrida (mil. av. 8—6-asrlar) ular oʻzlarini "ellinlar" deb atay boshlaganlar. Oʻrta asrlarda ellinlar negizida va valaxlar, slavyanlar (6—7-asrlar), albanlar (13—15-asrlar) ishtirokida yangi yunon xalqi shakllandi. G. dehqonchilikda asosan uzum, tamaki, zaytun, sitrus mevalari, gʻallachilik, togʻlik tumanlarda chorvachilik, dengiz boʻylarida baliqchilik bilan shugʻullanadilar. Kustar hunarmandchilik (gilam toʻqish, zardoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik) rivojlangan. G.ning katta qismi sanoat, savdo va transportda band. G.ning tarixi, iqtisodi va madaniyati haqida Yunoninstan maqolasiga qarang.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil