Francisco Goya
Francisco Goya | |
Avtoportret | |
Haqiqiy ismi | Francisco José de Goya y Lucientes |
Tavalludi | 30-mart 1746-yil Fuendetodos, Saragosa yaqinida |
Vafoti | 16-aprel 1828-yil (82 yoshda) Bordo, Fransiya |
Sohasi | rassom |
Francisco José de Goya y Lucientes (talaffuzi: Fransisko Hose de Goya-i-Luyentes; 30-mart 1746, Fuendetodos, Saragosa yaqinida — 16-aprel 1828, Bordo) — ispan rassomi. Madrid Badiiyot akadimyasi aʼzosi (1780). 1786-yildan saroy rassomi, 1799-yildan qirolning bosh rassomi. Saragosada (X. Lusanimartinesdan) va Italiyada (1769—71) taʼlim olgan. Goyaning erksevar sanʼati oʻzining dadilligi, joʻshqin ehtirosi, ijtimoiy yoʻnalishi bilan ajralib turadi. 1773-yildan Madridda yashagan. F. Baye ustaxonasida ishlagan, qirol shpaler manufakturasi uchun 60 dan ortiq namoyon (kartina)lar yaratgan. 1780-yillar boshidan portretchi sifatida shuhrat qozonadi, asarlarida hashamatlilik oʻrnini asta-sekin sirlilik, dilkashlik, yengil kinoya egallaydi ("Markiza Solan portreti", 1792; "Gersogina Alba portreti", 1795; "Qirol Karl IV oilasi", 1800 va boshqalar); devoriy rasmlarida diniy mavzularni hayotiy koʻrinishlar tarzida ifodalaydi (San Antonio de la Florida cherkovi kapellasi, 1798, Madridda; Karning uyi, 1820—23 va boshqalar). Grafika asarlarida Goyaning ulkan isteʼdodi namoyon boʻldi ("Kaprichos" turkumi, 80 varakda rassomning izohli matni bilan, 1797—98; "Urush ofatlari" turkumi, 22 varaqda, 1810—20 va boshqalar), yirik kartinalari ("1808-yil 2 dan 3 mayga oʻtar kechasi qoʻzgʻolonchilarni otib oʻldirish"; "Madriddagi 1808-yil 2 may qoʻzgʻoloni", ikkalasi ham taxminan 1814 va boshqalar)da davrining eng muhim voqealarini yorqin aks ettiradi. Goya ijodi umumevropa badiiy madaniyatiga kuchli taʼsir koʻrsatgan, bu taʼsir 20-asrgacha sezilib turadi.[1]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Cardera, Valentin. Biografia de D.Francisco Goya, pintor. El Artista, 2 1835
- El Libro de Los. CAPRICHOS. Francisco de Goya. Мадрид. 1999. ISBN 84-87317-82-0
- Mayer A., Francisco de Goya, Munch., 1923;
- Klingender F. D., Goya in the democratic tradition, L., 1948, 2 ed., N. Y., 1968;
- Sanchez Canton F. J., Vida у obras de Goya, Madrid, 1951;
- Holland V., Goya. A pictorial biography, L., 1961;
- Harris Т., Goya. Engravings and litographs, v. 1-2, Oxf., 1964:
- Wyndham Lewis D. B., The world of Goya. L., 1968:
- Gudiol J., Goya, L. — N. Y., 1969;
- Goya. Konigliche Gemaldegalerie «Mauritshuis». Katalog, Haag, 1970.
- Прокофьев В. Н. «Королевские портреты» Гойи 1799–1801 гг. // Античность. Средние века. Новое время. Проблемы искусства. М., 1977.
- Прокофьев В. Н. Великий художник XIX века. К 150-летию со дня смерти Гойи // «Искусство», 1978, № 9.
- Прокофьев В. Н. «Махи» Гойи или «Венера-цыганка» // Искусство Западной Европы и Византии. М., 1978.
- Прокофьев В. Н. Гойя. Росписи церкви Сан Антонио де ла Флорида // Панорама искусств `78. М., 1979.
- Фейхтвангер Л., Гойя.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fransisko de Goya. Kartinalar va biografiya (rus.)
- Francisco de Goya - Zoomable Paintings (ingl.)
- Francisco de Goya's Paintings (ingl.)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]