Kontent qismiga oʻtish

Gidroksidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gidroksiddan yoʻnaltirildi)

Gidroksidlarmetallarning umumiy formulasi Me(OH)p boʻlgan (bu yerda p —metallning oksidlanish darajasi) anorganik birikmalari. Asoslik va amfoterlik xossalariga ega boʻlishi mumkin. Ishqoriy, ishqoriy-yer metallar va Te(1) Gidroksidlari ishqorlar deyiladi. Eritmaning muhitiga qarab ham kislota, ham asos xossasiga ega boʻlgan. Gidroksidlar: Zn(OH)2, Be(OH)2, Ga(OH)3, Al(OH)3, Sn(OH)2, Pb(OH)2 va b. amfoter Gidroksidlar deyiladi. Ular kislotalar taʼsirida tuzlar, kuchli asoslar taʼsirida esa gidroksokomplekslar hosil qiladi. Masalan, rux gidroksidi kislota bilan ham, asos bilan ham reaksiyaga kirishadi.

Gidroksidlari (LiOH dan tashqari) qizdirilganda suyuqlanadi, boshqa Gidroksidlar esa, jumladan LiOH ham parchalanadi, masalan, Cu(OH)2 -" CuO+H2O.

Gidroksidlar metall oksidlarini suv bilan biriktirib olinadi. Baʼzi element oksidlari suvda erimaganligi sababli ularning Gidroksidlarini olish uchun tualariga ishqor taʼsir ettiriladi. Deyarli hamma elementlarning Gidroksidlari aniqlangan. Ularning baʼzilari tabiatda minerallar (masalan, gidrargillit Al(OH)3, brusit Mg(OH)2) holida uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil