Kontent qismiga oʻtish

Golbreyt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gelbreyt Jon Kennetdan yoʻnaltirildi)

Golbreyt, Gelbreyt (Galbraith) John Kennet (1908.15.10, Kanada, Ontario) – amerikalik iqtisodchi. Hoz. siyosiy iqtisodda institutsionalizm vakili. 1931-yilda Toronto universitetini tugatgan. Amerikaning qator universitetlarida daryo bergan (1931-42). 1943–1948-yillar „Forchun“ („Fortune“) jurnali muharriri, 1949-yildan Harvard universiteti proffessori Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi tarafdori. Golbreyt monopoliyalar faoliyatini boshqarish yoʻli bilan talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatni yaratishda davlat asosiy oʻrinda turadigan „muvozanatlovchi kuchlar“ nazariyasini ilgari surdi. K.Marksning qashshoqlashish va jamgʻarilish nazariyasini rad etishga urinib, kapitalizm texnika taraqqiyoti natijasida farovonlik taʼminlanadigan yangi jamiyat – industrial jamiyatga oʻsib oʻtishini asoslashga harakat qildi va „yangi industrial jamiyat nazariyasi“ni yaratdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil