Ashir Gʻafurov
Qiyofa
(Gʻafurov Ashirdan yoʻnaltirildi)
Ashir Gʻafurov (1876-1941) - yogʻoch oʻymakori, naqqosh. Gʻafurov ijodida islomiy naqsh, choka pardozni keng qoʻllagan, zaminni chekma usulida bezagan; dilali oʻyma eshik va darvozalar ustasi sifatida tanilgan. Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi koʻrgazmasi (hozirgi Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi binosi)ga 2 tabaqali eshikni tayyorlashda qatnashgan, eshik dilalari va atrofidagi hoshiya naqshlarni ishlagan (naqshlar orasida imzosi bor).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |