Kontent qismiga oʻtish

Yevgraf Fyodorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fyodorov Yevgraf Stepanovichdan yoʻnaltirildi)

Yevgraf Stepanovich Fyodorov (1853. 22.12, Orenburg — 1919.21.5, Petrograd) — rus mineralogi va kristallografi, hozirgi zamon strukturali kristallografiya va mineralogiya asoschilaridan biri. Rossiya Fanlar akademiyasi akademik (1919). Peterburg konchilik intini tugatgan (1883), professor (1895). Peterburg konchilik instituti direktori (1905—10). Fyodorov koʻp qirrali kristallar tasnifini yaratib, birinchi boʻlib kristallar simmetriyasining 230 guruhini aniqladi. Togʻ jinslarining nomenklaturasi va tasnifini ishlab chiqdi. Ilk bor kristallkimyoviy analiz metodlarini kashf qildi. Fyodorov oʻzi tomonidan yaratilgan Fyodorov stolchasi yordamida kristallografik tadqiqotlar olib bordi.