Kontent qismiga oʻtish

Foteh Niyoziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Foteh niyoziydan yoʻnaltirildi)

Niyoziy Foteh (1914.16.4, Samarkand — 1991.30.8, Dushanba) — Tojikiston xalq yozuvchisi (1986). Samarqand Pedagogika akademiyasida oʻqigan (1934). 2jaqon urushi qatnashchisi (1941—45). F.N.ning ijodi oʻtgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Dastlab oʻzbek tilida "Mayak" (1933), "Bu kunning gʻazali" (1938), "Sevgi" (1940) singari toʻplamlari nashr etilgan. "Vafo" (1kitob, 1949; 2kitob, 1958) romani, "Qoʻshni qiz" (1954) qiyesasi yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. "Oʻrmonni xilvat bilma" (1975), "Qurolsiz askarlar" (1986) romanlarida Ikkinchi jahon urushining dastlabki (1941—1942) yillari voqealari ifodalangan. Foteh Niyoziy dramaturg va kinodramaturg sifatida ham "Vatanparvarlar" (1938), "Koʻprik" (1959) kabi dramalar, "Uchinchi qiz" (1971), "Gʻayurovlar oilasining sarguzashti" (1975) kabi kinossenariylar yaratgan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureata (1977).[1]

  • Vafo [roman], T., 1974. Ad.: Ijodkor doʻstlar, T., 1968.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil